Honey River Media

Member since April 16, 2009

follow this user
  • 97 videos
  • 2 following
  • 1 follower

Recent Activity

Aroq ichish va ichirish illati - Shayx Obidxon qori, uzbek
Ushbu ma'ruza shayxning Toshkentdagi masjidlardan biridagi Juma xutbalaridan ajratib olindi. Aroq ichish va ichirish illati o'zbek xalqiga va musulmonlarga xos bir odat emasdir! O'zbeklarning ota-bobolari bunday xarom bir ishni qilishmagan. To'ylarda aroq qo'yish yoki aroq qo'yilmagan to'y egasini malomat qilishlik bu juda ablaxlikdir. Shayx Obidxon qorining "Urf odatlar va bid'atlar haqidagi" Juma xutbalaridan parcha. To'liq ma'ruzani islomdini.blip.tv sahifasiga qo'yamiz.
1. Islomda tozalik | Tahorat darslari
Alloh hidoyatini qabul qilib Jannat yo'lini tanlab, bu dunyoda iymon, tahorat va namoz bilan yashnamoqni niyyat qilganlar uchun "Tahorat va Namozdan" boshlang'ich darslarimizni taqdim etamiz. Ushbu darslar Avstraliyalik musulmonlar tomonidan tayyorlangan bo'lib, o'zbek tiliga IslomDini loyihasida ost-yozuvli tarjima qilindi. Bu inglizcha o'rganmoqchi bo'lgan musulmonlar uchun ham ancha foydali bo'ladi deb umid qilamiz. Birinchi dars har bir musulmon amal qilishi kerak bo'lgan eng sodda shaxsiy gigiyena qoidalari haqida. Darsimiz davomida va umuman IslomDini loyihasi darslarida bu mavzularga hali yana ko'p qaytib kelamiz. Tushunmagan savollar bo'lsa va video qo'llanma sifati haqida tanbeh-shikoyatlar bo'lsa, bemalol biz bilan bog'laning. IslomDini Loyihasi, 1430-yil. http://islomdini.com
Alloh Taolo qayerda? - Shayx Abduvali qori, uzbek
Alloh taoloning sifatlari, Allohning qandayligi, qayerdaligi, nima qilishi haqidagi ta'riflarini biz Qur'on va Sahih hadislardagi bilimlardan o'rganamiz. Ana shu bilimlarni qanday to'g'ri o'rganish va ular asosida huddi Payg'ambarimiz s.a.v. sahobalarga o'rgatgani kabi va sahobalar bizlarga o'rgatgani kabi to'g'ri Islomiy e'tiqod xosil qilish juda muhimdir. Chunki tarixda ko'p adashgan firqalar Allohning sifatlari va ta'riflari haqida ko'p noto'g'ri e'tiqodlar yo'liga kirib ketdilar va ba'zilari hatto kofir bo'lib dindan chiqib ketdilar. Allohim bizlarni ular kabi zalolatga ketishdan asrasin. IslomDini Loyihasi. http://islomdini.com
Abu Bakr r.anhu fazilatlari - Shayx Abduvali qori, uzbek
Qur'onda, hadislarda va boshqa sahobalarning so'zlarida sahoba Abu Bakr r.anhu haqida nimalar deyilgan? Shayx Abduvali qori darslaridan olindi. IslomDini Loyihasi. http://islomdini.com
Rasululloh la'natlagan kishilar - Abduvali qori, uzbek
Rasululloh quyidagi kishilarga "Allohning la'nati bo'lsin!" deya la'nat aytdilar. Ehtiyot bo'ling va siz ham Rasululloh s.a.v.ning la'natiga duchor bo'lgan kimsalardan bo'lib qolmang. http://islomdini.com
Farzand tarbiyasiga oid sunnatlar - Shayx Abduvali qori, uzbek
Ushbu bir soatlik ma'ruzada ustoz Abduvali qori farzandning tug'ilishidan boshlab, uni qanday to'g'ri islomiy tarbiya qilish bilan bog'liq farz va sunnat amallarni sanab o'tadilar va tushuntirib beradilar. Ushbu ma'ruzada xususan shular haqida suhbatlar bor: aqiqa, ism qo'yish va xatna. Asli Islom dinidan bo'lgan ushbu amallar xalqimiz madaniyatiga urf-odat sifatida singib ketgan va o'zining ilohiy ahamiyatini va asl sunniy ko'rinishini yo'qotgan. Ustozimiz sunnatni qayta tiklash, bid'at va xurofotlarni hamda to'qima urf-odatlarni dindan ajratish maqsadida ushbu ma'ruzada ko'plab jiddiy muammolarga urg'u beradilar. Iltimos, ushbu ma'ruzani albatta ixlos va hafsala bilan tinglang. Ilmlarga amal qiling va boshqalarga ham o'rgating. IslomDini loyihasi. 1430-yil. http://www.islomdini.com
Amerikada azon chaqirish (Dearborn, Michigan, USA)
Amerika Qo'shma Shtatlarida faqatgina bir shaharda masjiddan azon qattiq ovoz bilan chaqiriladi. Michigan shtatining Dirborn (Dearborn) shahrida Musulmonlar eng ko'p yashaydilar. Bu yerda bir necha masjidlar, islomiy halol oshxonalar va islomiy maktablar bor. Dix Dearborn masjidida azon kuniga 4 mahal baland ovozda butun mahallaga eshittirib chaqiriladi. Hozircha faqat bomdod namozi past ovozda bo'ladi. Dix mahallasidagi musulmonlar asosan Yamandan ko'chib kelganlar bo'lib, ayollari hijob va niqobda yurishadi. Dix Dearborn masjidi avval shiya masjid bo'lib tashkil qilingan, keyin sunniylar boshqaruviga o'tgan. Video asli: http://www.youtube.com/watch?v=cOzhgeGX8BM "Musulmon Ummat" rukni. "IslomDini" loyihasi. http://www.islomdini.com
Muqaddima | Fazilatli Ramazon - Shayx Obidxon qori, uzbek
Alloh taolo bizga Ramazon oyida Qur'onni nozil qildi va bu oyni bizga muqaddas ro'za tutish oyi qilib belgiladi. Ushbu muqaddas oyda ustoz Obidxon qori bizlarga Ramazon va undagi ibodatlarning fazilatlari va mohiyati bilan bog'liq hadislardan dars beradilar. Ramazon muborak bo'lsin, aziz musulmonlar! Fazilatli oy durdonalari. Fazilatli Ramazon dasturiga muqaddima. Shayx Obidxon qori. (c) IslomOvozi.com; 1429-yil h. Tushirma (download): http://islomdini.comIslomDini loyihasi videolarini telefonga tushirib olish uchun info@islomdini.com manziliga xat yozing.
1 3 4 5